Nurobod tumanidagi Yangihayot guzariga qo‘shimcha 2 kilometr ichimlik suvi tarmog‘i tortilmoqda
- 11.12.2020 14:30
- 66
- Samarqand

Nurobod tumani Arabota mahalla fuqarolar yig‘ini, Yangihayot guzariga 420 million so‘m mahalliy byudjet mablag‘lari hisobidan 1 dona ichimlik suvi inshooti va 3 kilometr ichimlik suv tarmog‘i tortilib, foydalanishga topshirilgani haqida avval xabar bergan edik.
Joriy yil 5 dekabr kuni viloyat hokimining Tim qishlog‘i yoshlari bilan bo‘lgan uchrashuvida Yangihayot guzariga qo‘shimcha ichimlik suvi tarmog‘i tortish bo‘yicha topshiriqlar berilgandi.
Ayni kunlarda Yangihayot guzariga 2 kilometr ichimlik suvi tarmog‘ini tortish uchun kerakli bo‘lgan quvurlar keltirilib, tuman hokimligi tashabbusi bilan qazish va o‘rnatish ishlari amalga oshirilmoqda.
Nasriddin SAFAROV,
Nurobod tumanidagi 71-umumiy o‘rta ta’lim maktabi direktori o‘rinbosari.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Test sinovlari o‘tkaziladigan binolar tayyormi?
- Kecha, 18:02
- Ta’lim
SamISI da yoshlarga e’tibor qanday?
- Kecha, 17:55
- Jamiyat
Suv minorasi ta’mirlanmoqda
- Kecha, 17:30
- Samarqand
Ma’naviyatsiz jamiyat – sust jamiyatdir
- Kecha, 11:50
- Jamiyat