Nurobodda yer resurslari va davlat kadastri bo‘limi yangi binoga ega bo‘ldi

Tumanda yer resurslari va davlat kadastri bo‘limining yangi binosi foydalanishga topshirildi.

Tadbirda Nurobod tumani hokimi F.Zoirov, viloyat yer resurslari va davlat kadastri boshqarmasi boshlig‘i S.Hakimov, viloyat yer tuzish va ko‘chmas mulk kadastri davlat korxonasi boshlig‘i Sh.Ro‘ziqulov hamda tuman jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

1 milliard 108 million loyiha qiymatiga ega ushbu ma’muriy binoda bir vaqtning o‘zida 20 nafar fuqaroga xizmat ko‘rsatish imkoniyati yaratilgan.

Nurobod tumani hokimligi axborot xizmati.