O‘zbekiston OAV va internet tarmog‘idagi jamoatchilik faollarining o‘ttizlik reyting ro‘yxati tuzildi
- 24.10.2019 07:30
- 141
- O‘zbekiston
Bugungi kunda O‘zbekistonda qabul qilinayotgan barcha muhim qarorlarni keng jamoatchilik va ekspertlar bilan maslahatlashgan holda qabul qilish amaliyoti keng joriy etilmoqda.
Bu esa mamlakat aholisida kuchli fuqarolik pozitsiyasining shakllanishi, ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy masalalarga erkin munosabat bildira oluvchi jamoatchilik fikri liderlarining yangi avlodi shakllanishiga turtki bo‘lmoqda.
“Yuksalish” umummilliy harakati Ijtimoiy va iqtisodiy tashabbuslar instituti ekspertlari bilan hamkorlikda O‘zbekistonning so‘nggi yillardagi jamoatchilik faollari Top-30 lik ro‘yxatini tuzdi.
Mazkur reyting O‘zbekistonda fikrlar plyuralizmining ta’minlanishiga, aholining turli ijtimoiy va iqtisodiy masalalar yuzasidan xabardorlik darajasining oshishiga hissasini qo‘shib kelayotgan jurnalistlar, mustaqil ekspertlar, blogerlar va boshqa jamoatchilik faollardan tashkil topgan.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Qo‘shqo‘rg‘ondagi otishma
- Kecha, 11:54
- Mutolaa