Odamlar nega avtobus so‘rayapti?
- 12.12.2019 10:53
- 233
- Jamiyat
Bugun Urgut tumanidagi Dehqonobod kasb-hunar kollejida va 35-umumiy o‘rta ta’lim maktabida saylovchilar bilan o‘tkazilgan uchrashuvda aholi vakillari taksi va mikroavtobus yo‘l kira haqi qimmatligini aytib, Samarqand shahri va Urgut tumani markaziga avtobus qatnovini yo‘lga qo‘yishda yordam so‘rashdi.
Umuman, keyingi paytlarda joylarda o‘tkazilayotgan uchrashuvlarda ushbu masala ko‘p tilga olinmoqda. Urgut tumani qishloqlaridan tuman markazi yoki boshqa shaharlarga borib-kelish uchun bir kishi o‘rtacha 10 ming so‘mdan 30 ming so‘mgacha pul sarflayotganini ta’kidlashmoqda. Bu ayniqsa, talabalar va kasb-hunar kollejlari o‘quvchilari, o‘qituvchilar, pensionerlar uchun qimmatlik qilmoqda.
Demak, aholiga transport xizmati ko‘rsatish masalasini butun viloyat miqiyosida o‘rganib, bu borada dastur ishlab chiqish kerakka o‘xshaydi.
G.MO‘MINOVA.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Qo‘shqo‘rg‘ondagi otishma
- Kecha, 11:54
- Mutolaa