Odamxo‘rlar oroli yoxud qayerga sayohat qilmaslik kerak?

“Kannibalizm” so‘zi ko‘proq Afrikaning yovvoyi qabilalari bilan bog‘liq va buning uchun yetarli sabablar mavjud. Inson go‘shtini iste’mol qilish hali ham odatiy bo‘lgan bir qator mamlakatlar bor va hozirda kannibalizm kamida 7 ta davlatdagi mahalliy aholi orasida qariyb madaniy norma hisoblanadi.

Hindistondagi “ko‘zdan pana” guruh

Hatto Hindistonda ham inson go‘shtini iste’mol qilishga qarshi bo‘lmagan guruhlar mavjud. Aghori deb nomlangan hind sektasi o‘limidan oldin o‘z ixtiyori bilan vasiyat qilgan odamlarning ichidagi bor narsani yeydi. Mazhab a’zolari go‘yoki ulardan inson qurbonliklarini talab qiladigan ruhlarga sig‘inishadi. Uning ba’zi a’zolari o‘zini qurbon qilishni juda sharafli taqdir deb hisoblaydi. Bo‘lajak qurbonlar qabila boshliqlari tomonidan yeyilish sharafi uchun o‘zaro raqobatlashgan holatlar ham bo‘lgan.

 Janubi-Sharqiy Papua-Yangi Gvineya

Yangi Gvineya issiq Afrika mamlakatida kanniballarning Korovay nomli yovvoyi qabilasi yashaydi. Bu odamlar marosim va gastronomik maqsadlarda inson go‘shtini iste’mol qiladi. Ularning an’anaviy tushunchalarida hech qanday sababsiz (jarohat, qarilik, kasallik) vafot etgan kishi joduga duchor bo‘lgan bo‘ladi. Shu sababli ular o‘zlari va atrofdagilarni himoyalash maqsadida marhumning jasadini yeyishga “majbur” bo‘lishadi. Qabila daryo bo‘yidagi hududda yashaydi va tirikchilikuchun sayyohlarni o‘ldirgan holatlari ham kuzatilgan.

1961 yilda Nyu-York gubernatori Nelson Rokfellerning o‘g‘li Maykl Rokfeller artefaktlar yig‘ish paytida Korovay hududlarida izsiz g‘oyib bo‘lgan, o‘shanda hatto uning jasadi ham topilmagan.Mish-mishlarga ko‘ra, amaldorning o‘g‘lini mahalliy qabila yeb qo‘ygan.

Kambodja

Kambodja hududida kannibalizm, ayniqsa, 1960-1970 yillarda Janubi-Sharqiy Osiyodagi urushlar davrida keng tarqalgan. Garchi juda kam bo‘lsa-da, u yerda kannibalizmning namoyon bo‘lishini bugungi kunda ham ko‘rish mumkin. Qizil Xmerlar tomonidan oziq-ovqat ta’minoti ustidan qilingan nazorat butun mamlakat bo‘ylab ocharchilikni keltirib chiqargan. Shuningdek, dushman jigarini yeyish Kambodja jangchilari orasida keng tarqalgan marosimdir. Qizil xmerlar ishlab chiqarish vositalariga xususiy mulkchilikni bekor qilganida, ko‘plab dehqonlar erkin hayot kechira olmadi vaular bir-birlarini marosim uchun emas, balki gastronomik maqsadlarda yeyishga majbur bo‘lishgan. Hozirda ularning o‘sha og‘ir kunlarni eslaydigan avlodlari bor.

Kongo

Kannibalizmning eng yuqori cho‘qqisi Kongo fuqarolar urushi davriga to‘g‘rikelgan edi. Urush paytida qo‘zg‘olonchilar o‘rtasida raqibni, ayniqsa uning yuragini yeyish boshqacha kuch beradi, degan fikrlar bo‘lgan. Endilikda Kongoda kannibalizm odatiy hol bo‘lmasa-da, 2012 yilda odamni yeyish holati qayd etilgan.

G‘arbiy Afrika va unga yaqin hududlar

G‘arbiy Afrikada Leopard nomli qabila aborigenlari odamlarni ovlagan. Qabila inson go‘shtini iste’mol qilish ularni kuchliroq, tezroq va chidamliroq qilishiga qat’iy ishongan. Ularning an’anaviy kiyimi leopard terisidan tikilgan bo‘lib, ular bu hayvon tishlaridan o‘ziga qurol yasagan.

Braziliya

Olinda manzilgohining xarobalarida yashagan braziliyalik Vari qabilasi 1960 yilgacha dindor va taqvodor o‘liklarni yeb kelgan.O‘ta qashshoqlik tufayli hali ham vaqti-vaqti odamxo‘rlik holatlari bilan sodir bo‘lib turgan. Qabilaning aksariyati missionerlar tomonidan yo‘q qilingan. Mahalliy aholining ta’kidlashicha, ularning boshidagi ovozlar ba’zan u yoki bu odamni yeyishni majbur qiladi.

Fidji

Fidji - ilgari “kanniballar oroli” nomi bilan mashhur bo‘lgan orol, biroq hozirda ham mahalliy aholi odam go‘shtini iste’mol qilishga qarshi emas. Shu bilan birga, ular faqat dushman qabilasidan bo‘lgan odamlarning go‘shtini yeydi degan mish-mishlar bor.

B.Muhammadiyeva tayyorladi.