Oilada kim “xo‘jayin”?

Ilgari Xitoyda oilada erkaklar hukmron bo‘lgan bo‘lsa, hozirda “xo‘jayin”likni ayollar qo‘lga olyapti.

Bugun ular ishda ham erkaklardan balandroq mavqeini egallashmoqda. Olayotgan maoshlari ham erkaklarnikidan ko‘p. Shunisi qiziqki, bu ijtimoiy vaziyat erkaklarni o‘zlarini sotishga undayapti. Masalan, Shanxayda uzoq vaqt erkaklar bozori ishlagandi. Ularda ayollarga sotilishni istagan erkaklar asosan beva erkaklar edi. Oilada mavqeini boy bergan bu erkaklar uyidan qochib bozorga chiqishgan. Ispaniyada esa oilani boqishda ayollar mustaqil. Bolaga qarash ta’tili bor-yo‘g‘i 4 oy (uni ona ham, ota ham olishi mumkin). Keyin bola bog‘chaga berilib ayol ishga chiqadi. Shunisi qiziqki, ajrashganda bola ikki hafta ota bilan, ikki hafta ona bilan yashaydi. Har bir uyda bolalar uchun alohida xona ajratiladi.

 

T.Shomurodov tayyorladi.