Oilaviy shifokorlarga 30 million so‘m beriladi
Prezident farmoniga ko‘ra, 2021 yildan boshlab olis va chekka hududlarda oilaviy shifokor punktlari va oilaviy poliklinikalar shifokorlari uchun maxsus dastur joriy qilinadi. Uning doirasida:
Tibbiyot oliy ta’lim tashkilotini oxirgi 3 yil ichida tamomlagan va boshqa hududda yashovchi shifokorlar olis va chekka hududlarda joylashgan oilaviy shifokor punktlari va oilaviy poliklinikalarga ishga qabul qilinganda ularga kamida 3 yil ishlab berish sharti bilan 30 million so‘m miqdorida bir martalik pul mablag‘lari beriladi.
Shuningdek, uy-joyi bo‘lmaganlarga 3 yil davomida xizmat uy-joylari beriladi yoki bazaviy hisoblash miqdorining 2 baravari miqdorida har oylik ijara to‘lovlari kompensatsiya qilinishi nazarda tutilgan.
Tuman hokimlari va tijorat banklari bilan birga ipoteka dasturlari asosida qurilayotgan uy-joylarni avvalo oilaviy shifokor punktlari va oilaviy poliklinikalarga ishga qabul qilinayotgan shifokorlar uchun ajratishi belgilandi.