Ola tovuq somon sochar, o‘z sirini o‘zi ochar

Ijtimoiy tarmoqlarda “Munavvarxon 777” MChJ ta’sischisi va rahbari Parviz Ahrorovning 7 milliard so‘m kredit ajratilmayotgani xususidagi murojaati e’lon qilindi. Ushbu murojaatni o‘rganish jarayonida aniqlangan holatlardan so‘ng, bexosdan «Ola tovuq somon sochar, o‘z sirini o‘zi ochar» degan maqolni yodga olasan kishi.

Quyida adolatsizlik deya jar solayotgan, aslida mavjud qonunlarni buzib, ommani noto‘g‘ri fikrlashiga sabab bo‘layotgan Parviz Ahrorov va uning onasi Dilfuza Sattorovaning aslida qanday yo‘l tutib kelgani haqida bilib olishingiz mumkin.

Bir vaqning o‘zida “Feruzjon Feruz” oilaviy korxonasining rahbari bo‘lgan Dilfuza Sattorova oilaviy korxonaning ta’sischisi hisoblanib, korxonaga Samarqand shahridagi “Ipak yo‘li” bankning “Umar” mintaqaviy filialidan quritilgan nonchalar ishlab chiqarish uskunalari sotib olish uchun 3 yil muddatga 70 million so‘m kredit mablag‘i olingan. Olingan kredit va unga hisoblangan foizlar 3 yil davomida asossiz to‘lov qilinmasdan, hozirgi kunda bank tomonidan umidsiz kredit sifatida tavsiflangan va bankning balansdan tashqari hisob raqamiga o‘tkazilgan. Natijada, bankning mijozga bo‘lgan ishonchi yo‘qolgan.

Parviz Ahrorov va uning onasi Dilfuza Sattorova tomonidan har bir masalani hal qilish maqsadida tashkilotlar ustidan yuqori turuvchi organlarga turli xil asossiz vajlarni ko‘rsatgan holda, murojaat qilib, ularni qo‘rqitish (shantaj) orqali o‘z maqsadlariga erishishni kasb qilib olishgan. Xususan, “Ipak yo‘li” banki “Umar” filialidan quritilgan nonchalar ishlab chiqarish uskunalari sotib olish uchun 3 yil muddatga 70 million so‘m kredit mablag‘i ajratilishida ham, Samarqand tumani hokimining 2020 yil 14 avgustdagi qarori bilan “Yangiariq agrotexservis” agrofirmasi 2-uchastkasi yer xaritasining 1-konturidan 8,0 gektar yer maydoni ajratilishida ham shunday yo‘l tutilgan.

Samarqand tumani yer resurslar va davlat kadastri hamda “Yangiariq agrotexservis” agrofirmasi xodimlari Parviz Ahrorovning 2020 yilning avgust oyida ajratilgan yer maydonini qayerda joylashganini hanuzgacha bilmasligi aytib o‘tishdi. Bundan esa mijozda ushbu loyihani amalga oshirishga umuman ishonch yuqligini anglash mumkin.

“Hamkorbank” ATB Bog‘ishamol filialidan “Asees forever” tashkilotiga aylanma mablag‘larini to‘ldirish uchun 1,6 milliard so‘m kredit mablag‘larini ajratilishida ham g‘alamislik orqali erishgan. Hozirgi kunda ushbu kredit to‘lovi ham muammoga aylangan.

Samarqand shahar Kulollik mahallasi faolining ta’kidlashicha, tashkilotlar tomonidan Parviz Ahrorov va Dilfuza Sattorovaning noqonuniy xatti-harakatlari bo‘yicha mahallaga bir necha murojaatlar qilingan. Dilfuza Sattorovaning turmush o‘rtog‘i oiladagi nosog‘lom muhit  tufayli uzoq yillardan buyon Rossiya davlatida yollanma ishchi bo‘lib ishlaydi.

D.Sattorovaning “Munavvarxon 777” MChJga huquqiy jihatdan hech qanday aloqasi bo‘lmasa-da, har safar ushbu tashkilot nomidan bankka kelib turli shartlarni qo‘yib kelgan, arzimagan vajlarni ko‘rsatib, juda yuqori ovozda baqirib, hammaning e’tiborini o‘ziga jalb qilib, bank xodimlarini obro‘sizlantirishga va ularning sha’niga haqoratomuz so‘zlarni ishlatgan holda ataylab janjal chiqarishga uringanligi odamning ensasini qotiradi.

Savol tug‘iladi: shuncha kreditlarni olib, davlatga qaytarmayotgan tadbirkordan yana nimani kutish mumkin?

Bir g‘alamis tadbirkorning o‘rniga, hozirda o‘z o‘rnini topa olmayotgan “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarga, kam ta’minlangan oilalarga ushbu mablag‘lar yo‘naltirilsa, maqsadga muvofiq emasmi?

Nima ham derdik, guruch ko‘rmaksiz bo‘lmaganiday, odamlar ichida ham o‘z manfaati uchun g‘alamislik qiluvchilar uchrab turadi. Xulosa o‘zingizdan.