Oliy Majlis deputati Adham Shodmonov o‘zi o‘qigan maktabga 30 dan ortiq kitoblar sovg‘a qildi

Joriy yilning 19 mart kuni o‘tkazilgan yig‘ilishda Prezident Sh.Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan, kitobxonlikni rivojlantirish orqali farzandlar tarbiyasiga ijobiy ta’sir ko‘rsatish va har bir rahbarning o‘zi o‘qigan maktabi kutubxonasiga kitoblar sovg‘a qilishi borasidagi ezgu tashabbusi tobora keng quloch yoymoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Adham Shodmonov o‘zi tahsil olgan Samarqand shahridagi 9-umumta’lim maktabi kutubxonasiga 30 ga yaqin tarixiy  va badiiiy adabiyotlar tuhfa qildi.

- Men shunday tashabbusni boshlab bergan Yurtboshimizga katta rahmat aytmoqchiman.  Maktabimizni  ko‘plab sobiq o‘quvchilari respublikamizning turli hududlarida rahbarlik lavozimlarida ishlashadi.“Kitob chellenj” bahonasida rahbar va yoshlar uchrashuvlari tashkil qilinmoqda. Bunday uchrashuvlar o‘quvchi yoshlar qalbida havas, kelajakka umid va ishonch kabi tuyg‘ularni uyg‘otadi - deydi 9 - umumta’lim maktabi direktori Dilbar Mavlonova.

Adham Shodmonov ta’lim muassasasiga tashrifi davomida o‘quvchi yoshlar bilan muloqotlar o‘tkazdi. Muloqotlar chog‘ida mamlakatimizda keyin yillarda kitobxonlarga berilayotgan e’tibor va rag‘bat haqida gapirar ekan, kitob insonning eng yaqin do‘sti ekanligini alohida ta’kidladi.

Baxtigul Qarshiyeva,

O‘zLiDeP Camarqand viloyat

Kengashi matbuot kotibi.