Oltinko‘z hasharotining ekinlarga qanday foydasi bor?

Zararkunandalar xuruji va turli kasalliklar yer yuzida ulkan ofat hisoblanib, ular qishloq xo‘jalik o‘simliklarining rivojlanishi davrida va mahsulotlarni saqlash davomida hosilning juda katta qismining yo‘qotilishiga sabab bo‘ladi. 

O‘simliklarning biologik himoyasi esa keng ma’noda zararkunandalar va kasallik qo‘zg‘atuvchilar keltiradigan zararni kamaytiradi. Biologik himoya usulining mohiyati tabiatda qishloq xo‘jalik ekinlari zararkunandalari bilan ularning parazitlari va yirtqichlari (entomofaglar va akarifaglar), ayniqsa hasharotlar, kanalar va zararkunandalar bilan bakterial, zamburug‘, virus va kompleks kasalliklar orasida vujudga kelgan antogonistik munosabatlardan aniq maqsadda foydalanishdir.  

Foydali hasharotlardan biri - oltinko‘zdir. Uning O‘rta Osiyo faunasida 24 turi tarqalgan. Tanasi och yashil, kuzlari tillarang, sadafsimon yoki kamalaksimon tovlanuvchi qanotga ega. Oltinko‘zning lichinkalari yirtqich hayot kechirib, ular juda xo‘randa va nihoyatda harakatchan. Lichinkasi 3000 tagacha bit, o‘rgimchakkana va zararkunanda tunlam tuxumlarini yo‘q qilishi mumkin. 

Dehqonlik mintaqalarida yashaydigan oltinko‘zning asosiy turlari 4-5 avlod beradi. Paxta dalalari agrobiotsenozida oltinko‘zning g‘o‘za va boshqa qishloq xo‘jaligi zararkunandalarini yo‘q qiluvchi etnomofaglar sifatida katta ahamiyatga ega. 

O.Shomurodov,

M.Xushvaqtov,

O‘simliklar karantini va himoyasi Past Darg‘om tuman bo‘limi davlat inspektorlari.