“Oqdaryo Pilla” MChJning 130 million so‘mdan ziyod qarzi davlat soliq inspeksiyasi foydasiga undirildi

Payariq tumanlararo iqtisodiy sudining ijro hujjatiga asosan qarzdor “Oqdaryo Pilla” mas’uliyati cheklangan jamiyatidan undiruvchi Oqdaryo tuman davlat soliq inspeksiyasi foydasiga 130 million 746 ming so‘m soliq qarzdorligini undirish belgilandi.

Ushbu ijro hujjati Majburiy ijro byurosi Oqdaryo tuman bo‘limi ish yurituviga kelib tushgan va ijro ishi yuritish qo‘zg‘atilib tomonlarga yuborilgan.

Ijro harakatlari davomida qarzdor “Oqdaryo Pilla” mas’uliyati cheklangan jamiyatining “Agrobank” Oqdaryo tumani filialidagi hisob-raqamiga davlat ijrochisining qaroriga asosan band solindi.

Mazkur ijro hujjati ijrosini ta’minlash maqsadida qarzdorga tegishli bo‘lgan, Oqdaryo tumani Loyish shaharchasi, Mehnat ko‘chasi, 10-uyda joylashgan pilla qabul qilish punkti bino-inshootlari xatlanib, ushbu ko‘chmas mulk binosi byuro huzuridagi elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish markazi orqali “E-IJRO AUKSION” yagona elektron savdo maydonchasida sotish uchun savdoga chiqarildi.

Mazkur ijro hujjati bo‘yicha qarzdor “Oqdaryo Pilla” mas’uliyati cheklangan jamiyatining Oqdaryo tuman davlat soliq inspeksiyasi oldidagi 130 million 746 ming so‘mlik soliq qarzdorligi to‘liq undirildi.

Qarzdorga tegishli bino-inshootlari yagona elektron savdo maydonchasidan qaytarildi.

Majburiy ijro byurosi Oqdaryo tumani bo‘limi.