Oqdaryoda daromadi kam oilalarga tikuv mashinalari, payvandlash va boshqa uskunalar tarqatildi
Tumanda Navro‘z bayrami munosabati bilan “Temir daftar”, “Yoshlar daftari”, “Ayollar daftari”ga kiritilgan fuqarolarga vaqtincha ish bilan ta’minlash, kam bo‘lsa-da daromadga ega bo‘lishlari uchun turli xil asbob-uskunalar berildi.
Sektor rahbarlari, nuroniy otaxonu onaxonlar, yoshlar va xotin-qizlar ishtirok etgan tadbirda Oliy Majlis Senati a’zosi F.Toshev, tuman hokimi Sh.Qudratov va boshqalar barchani Navro‘z bayrami bilan tabrikladi.
Bugungi kunda mamlakatimizda ijtimoy himoyaga muxtoj fuqarolar, ishsiz yoshlar va xotin-qizlar bandligini ta’minlash masalasi davlat siyosati darajasiga ko‘tarilganligi, ularni talab yuqori bo‘lgan kasblar va tadbirkorlikka o‘qitish, biznesini yo‘lga qo‘yishda moliyaviy qo‘llab-quvvatlash lozimligi ta’kidlanib, Oqdaryo tumanida ham bu bo‘yicha joriy etilgan yangi tizim, yangicha tartibda ishlar olib borilayotganligi e’tirof etildi.
Tadbirda mahallalarda o‘tkazilgan "Yosh kitobxon" tanlovida g‘olib bo‘lgan hamda kitobxonlikni faol targ‘ib qilgan bir guruh yoshlarga faxriy yorliq va badiiy adabiyotlar to‘plami sovg‘a qilindi.