Oqdaryoda davlat kadastrlar palatasi tuman filiali xodimi qo‘lga olindi
- 14.02.2024 15:26
- 989
- Jinoyat va jazo
Viloyat IIB xabariga ko‘ra, boshqarma xodimlari tomonidan Oqdaryo tumanida tezkor tadbir o‘tkazilgan.
Ma’lum bo‘lishicha, davlat kadastrlar palatasi Oqdaryo tuman filiali xodimi T.D. fuqarodan u tomonidan sotib olinayotgan Oqdaryo tumani Paxtabod mahallasida joylashgan turar-joy toifasidagi 0,30 gektar yer maydonini noturar toifaga o‘tkazish hamda kelgusida uning nomiga kadastr hujjatlarini rasmiylashtirib berish evaziga 19 million so‘m pul talab qilgan. Filial binosidagi o‘z xizmat xonaisda 12,5 million so‘m kimyoviy ishlov berilgan pullarini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Samarqandda 262 mingdan ziyod aholidan sport sinovlari olindi
- 13 daqiqa avval
- Sport
Dunyo stomatologlari Samarqandga keldi
- 36 daqiqa avval
- Ta’lim