Oqdaryoda og‘ufurush qo‘lga olindi

Joriy yilning 18 noyabr kuni soat taxminan 20:00 da Oqdaryo tumani IIB JQB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida Po‘latdarxon mahalasida joylashgan dala hovlilarning birida 40 yoshli fuqaro Obidjon A. xaridor sifatida tadbirga jalb qilingan shaxsga bir dona chinni idishlari solish uchun mo‘ljanlangan qog‘oz qutida qadoqlangan, quruq holdagi, umumiy vazni 88.6 gramm miqdorda “marixuana” giyohvandlik vositasini 5 000 000 so‘mga qonunga xilof ravishda sotgan vaqtida ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Oqdaryo tumani IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Obidjon A.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi (giyohvandlik vositalarini ko‘p miqdorda qonunga xilof ravishda sotish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib unga nisbatan mazkur modda bilan ayblov e’lon qilingan va “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga ko‘ra, hozirda dastlabki tergov davom etmoqda.

Ta’kidlab o‘tish joizki, bu turdagi jinoyatlar uchun Jinoyat kodeksi normalariga ko‘ra, 10 yildan 20 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanadi.