Oqdaryoda qaynota keliniga doimiy ravishda ruhiy tazyiq o‘tkazib kelgan

Samarqand viloyati Oqdaryo tumani, Yangiobod mahallasida yashovchi fuqaro M.F.ga turmush o‘rtog‘ining otasi - 1947 yilda tug‘ilgan Yu.E. tomonidan doimiy ravishda ruhiy tazyiq o‘tkazib kelinganligi aniqlandi.

Ushbu holat IIB HPB xodimlari tomonidan o‘rganilib, profilaktik ishlar olib borildi. Suhbat natijasi bo‘yicha M.F.ga Oqdaryo tumani IIB xodimlari tomonidan himoya orderi berilib, tegishli tartibda cheklovlar qo‘yildi.

Tazyiq o‘tkazgan hamda ushbu tazyiqdan jabr ko‘rgan fuqarolar bilan himoya orderi bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borildi, deb xabar berdi Samarqand viloyati IIB matbuot xizmati.