Oqila kelin yoxud tosh va xazina

Qaynona endigina yakindagina tushirgan keliniga dedi:
- Baraka toping, qizim! O‘g‘limni namoz o‘qiydigan, masjidga oshiqadigan bo‘lishiga sabab bo‘ldingiz! Men 30 yilda qilolmagan ishni, 30 kunda amalga oshirdingiz! - dedi ko‘zyoshlari quyilib...

Kelin:
- Onajon, tosh va xazina qissasini bilasizmi? Bir zamonlar kattakon xarsang tosh bo‘lib, u yo‘lni o‘rtasida turar, yo‘lovchilarning yo‘lini to‘sar ekan. Bir kishi uni bolta bilan urib maydalashga harakat qilibdi. 99 marta zarba berib charchab qolibdi. Kuchi yetmabdi! So‘ng u yerga bir kishi kelib qolgan ekan, undan:
- Ey birodar, toshni maydalashga yordamlashib yuboring! - debdi.
Yo‘lovchi rozi bo‘lib, toshni qattiq urgan ekan, bir martadayoq bo‘linib ketibdi. Qarashsa, xarsang ostida hamyon to‘la oltin bor ekan. Bu ikki kishi uni talashib qolibdi. Yo‘lovchi:
- Mening zarbam bilan tosh bo‘lindi, xazina meniki! - debdi.
Xullas, ular qozining huzuriga boribdi...
- Unda mening ham qisman haqim bor! Axir men uni 99 marta urdim. Charchadim. O‘zim bo‘laklay olardim! - debdi avvalgi kishi...
- Yo‘q, bunda haqingiz yo‘q, toshni men sindirdim. Xazinaning hammasi meniki, - debdi ikkinchi kishi...
Qozi:
- Siz toshni 99 marta urganingiz uchun xazinaning 99 qismi sizga. Bir hissasi esa bo‘laklaganingiz uchun sizga, - debdi ikkinchi kishiga...
Agar birinchi kishining 99 ta zarbasi bo‘lmaganda edi, 100-martada tosh bo‘linmasdi...
Ona 30 yil harakat qilib o‘g‘liga namoz o‘qita olmadi. Kelinining ta’sirida 30 kunda namoz o‘qiydigan bo‘lganidan quvondi. Kelinning go‘zal axloqini qarang-ki, natijani o‘z mehnati deb emas, mushtipar onaning yillar davomida chekkan zahmati besamar ketmaganini e’tirof etib, qaynonasini quvontirdi...