O‘quv yili boshlangandan so‘ng yangi kasallanishlar soni ko‘payishi muqarrar — JSST

Koronavirus ikkinchi to‘lqinining oldini olish mumkin. Buning uchun tibbiyot xodimlari ixtiyorida barcha vositalar mavjud. Bu haqda Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti strategik tashabbuslar bo‘yicha rais o‘rinbosari Raneri Guerra ma’lum qildi.

Guerraning fikricha, o‘quv yili boshlangandan so‘ng yangi kasallanishlar soni ko‘payishi muqarrar. Chunki o‘quvchilar orasidagi jismoniy aloqalarni bartaraf etishning iloji bo‘lmaydi.

JSST vakili shu paytgacha bolalarning koronavirusni yuqtirish darajasi to‘liq o‘rganilmaganini ta’kidladi. Misol uchun, 10-11 yoshgacha bo‘lgan bolalar atrofdagilarga kasallikni kamroq yuqtiradi, 12 yoshdan so‘ng o‘smirlarda infeksiyani yuqtirish qobiliyati ortadi, degan nazariya mavjud.