O‘rmon yong‘inlari: Rossiya olov ichida qolmoqda
Rossiya Favqulodda Vaziyatlar Vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiyaning 46 ta hududida keng ko‘lamli va ancha xavfli o‘rmon yong‘inlari ro‘y berayapti.
FVVning xabarlariga ko‘ra, oxirgi haftada Rossiya bo‘ylab 1.1 joyda o‘rmon yong‘inlari qayd etilgan va ularda 150 ming gektar hududdagi o‘rmonlar yonib ketgan.
Eng ko‘lami katta va xavfli o‘rmon yong‘inlari Buryatiya, Zabaykale o‘lkasi, Amur, Irkutsk, Kurgan va Chelyabinsk viloyatlarida ro‘y bergan.
FVV o‘rmon yong‘inlarini o‘chirishda 160 ta suv tashishga moslangan vertolyotlardan foydalanmoqda.
Bundan tashqari, 26 sub’yektda o‘rmon yong‘inlariga qarshi kurash bormoqda. FVV eng avvalo, yong‘inlar muhim ob’yektlarga, aholi turar-joylariga xavf solayotgan hududlardagi yong‘inlarni o‘chirishga urinayapti. Bu esa har doim ham oson va muvaffaqiyatli bo‘lmayapti.
Masalan, yaqinda Zabaykale o‘lkasidagi 14 ta aholi punktida umumiy 109 ta aholi turar-joy binolari yonib ketgandi. Rossiya hukumati ularga 450 million rubl ajratish haqida qaror chiqargan edi.