Osiyo chempionati: Eronlik sportchi qiz hijobsiz chiqish qilgani uchun hibsga olinishi mumkin
Xalqaro sport qoyaga chiqish federatsiyasi eronlik sportchi Elnaz Rekabi taqdiridan xavotir bildirmoqda: u Seulda bo‘lib o‘tgan Osiyo chempionatida, ehtimol vatanidagi ommaviy norozilik namoyishlarini qo‘llab-quvvatlagan holda yalang bosh chiqish qilgan. Lekin bu Eron qonunlarini buzadi.
Natijada u Seulni muddatidan oldin tark etishga majbur bo‘lgan va endi uni hibs kutmoqda.
Elnaz OAVga bir necha yil avval ham hijob atrofidagi sport muammolari haqida gapirib bergan edi.
"Boshqa sportchilar hamisha hayron bo‘lishadi, qanday qilib qiz bola musobaqalarda yuqori haroratda ro‘mol o‘rashi, qo‘l va oyoqlarini yopadigan kiyim kiyishi mumkin. Albatta, havo issiq bo‘lganda sportchiga hijob muammoga aylanadi. Musobaqa paytida organizmdan issiq chiqarish zarur. Biz o‘zimiz ham hijobga, ham qoyaga chiqishga mos keladigan forma yaratishga harakat qildik”, deyi Elnaz.
Eronning Janubiy Koreyadagi elchixonasi hibsga olinish haqidagi xabarlarni qat’iyan rad etdi.
Uyga qaytayotganda Rekabi Twitterdagi sahifasida qattiq sport stressi tufayli ro‘mol o‘rashni unutganini yozdi. Ammo federatsiya xabarni u bosim ostida e’lon qilganini istisno qilmaydi.