Ota-onasiga moddiy yordam bermaslik jinoiy javobgarlikka sabab bo‘ladi

 - Erim bilan qonuniy ajrashganman, u aliment to‘lamasdan kelmoqda, qanday javobgarlik masalalari bor?

Sh.EShMURODOVA,

Kattaqo‘rg‘on tumani.

– Oila kodeksining 116-moddasiga ko‘ra “Voyaga yetmagan yoki voyaga yetgan mehnatga layoqatsiz, yordamga muhtoj bolalariga aliment to‘lash haqidagi sudning hal qiluv qarorini bajarishdan bo‘yin tovlagan shaxslar ota-onalik huquqidan mahrum qilinishi yoki jinoiy javobgarlikka tortilishi mumkin, ota-onasiga moddiy yordam berish to‘g‘risidagi sudning hal qiluv qarorlarini bajarmaslik jinoiy javobgarlikka sabab bo‘ladi.

Shuningdek moddiy yordamga muhtoj bo‘lgan voyaga yetmagan yoki mehnatga layoqatsiz shaxsni moddiy ta’minlashdan bo‘yin tovlash, ya’ni ularni moddiy jihatdan ta’minlash uchun sudning hal qiluv qaroriga yoki sud buyrug‘iga binoan undirilishi lozim bo‘lgan mablag‘ni jami bo‘lib ikki oydan ortiq muddat mobaynida to‘lamaslik o‘n besh sutka muddatga ma’muriy qamoqqa olishga yoki ma’muriy qamoq qo‘llanilishi mumkin bo‘lmagan shaxslarga eng kam ish haqining yigirma baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.

Birinchi marta huquqbuzarlik sodir etgan shaxs, agar u ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishni ko‘rish jarayonida aliment majburiyatlari bo‘yicha qarzdorlikni ixtiyoriy ravishda to‘lagan bo‘lsa, javobgarlikdan ozod etiladi.

Savolga Fuqarolik ishlari bo‘yicha Kattaqo‘rg‘on tumanlararo sudi raisi Kamol Namozov javob berdi.