O‘tgan haftada: 11,5 ming haydovchi jarimaga tortildi

Viloyat ichki ishlar idoralari xodimlari tomonidan harakat xavfsizligini ta’minlash, yo‘l-transport hodisalarining oldini olish maqsadida «Avtopatrul», «Diqqat, bolalar!», «Diqqat, piyoda!», «Diqqat, temiryo‘l!», «Texnik ko‘rik», «Tonirovka», «Harakat xavfsizligi targ‘iboti kuni» kabi profilaktik reyd tadbirlari o‘tkazmoqda.

Joriy yilning 18-24 fevral kunlari davomida yo‘l-patrul xizmati inspektorlari tomonidan jami 11582 ta qoidabuzarliklar aniqlandi. Jumladan, 148 nafar haydovchining transport vositasini mast holda boshqarganlik, 155 nafarining svetofor va chorrahalardan o‘tish, 1277 nafarining odam tashish, 18 nafarining temir yo‘l kesishmalaridan o‘tish qoidasini buzganlik holati qayd etilib, ularga nisbatan ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirildi.

Shuningdek, transport vositasining oynalarini me’yoridan ortiqcha qoraytirgan 56 nafar, harakat vaqtida telefondan foydalangan 122 nafar, xavfsizlik kamarlarini taqmasdan harakatlangan 2348 nafar haydovchiga nisbatan tegishli choralar ko‘rildi.

Yil boshidan buyon qoidabuzar haydovchilardan 2,7 milliard so‘m miqdorda jarimalar undirildi.

Viloyati IIB yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi matbuot xizmati.