«O‘tgan hayotimda nima bo‘lganini eslayman»: Oliviyaning «qayta tug‘ilishi»

Bugun hayotning buyuk sirlaridan biri – reinkarnatsiya (qayta tug‘ilish) haqiqatini tasdiqlovchi qiziqarli voqea to‘g‘risida so‘z yuritamiz.

Voqea Virjiniya universiteti tibbiyot fakulteti bolalar psixiatri va reinkarnatsiya sohasi mutaxassisi Jim Taker tomonidan bayon qilingan.

Oliviya Inglend

Реинкарнация

G‘alati voqea sodir bo‘lganida Oliviya 2,5 yoshda edi. Onasi endigina gapga kirgan qizi bilan vaqt haqida suhbatlashardi va qizchadan uning fikricha hozir soat necha ekanligini so‘radi. Oliviya “Yettilar atrofida” deb  javob berdi. Keyin qo‘shib qo‘ydi: “Bir ming yetti yuz to‘qson yettinchi yil”.

Boshqa bir kun sayr qilish paytida qiz onasiga bir vaqtlar u o‘g‘il bola bo‘lgani va ismi Robinson bo‘lganini aytdi. Bir kuni qiz qorniga ishora qildi – “Mana shu yerimdan... o‘tgan safar shunday o‘lganman, lekin bu haqda gapirishni yoqtirmayman”, dedi va xonani tark etdi.

Bir kuni ota-ona qizidan sevimli qo‘shig‘i haqida so‘ramaganida, Oliviyaning oldingi g‘alati hatti-harakatlari kulgili bo‘lib tuyulgan bo‘lardi. “London ko‘prigi qulayapti” qo‘shig‘i, dedi qiz. Ajoyib tanlov, biroq bunday qo‘shiq faqat tarixchilarga ma’lum, chunki uning matni 1779 yilda yozilgan va qo‘shiq ancha vaqtdan beri ijro etilmagan.

Voqea borgan sari g‘alati tus oldi... Axir boladan  u 30 yoshida ochlikdan vafot etgani to‘g‘risidagi gapni eshitish juda g‘alati-da. Qizaloqning ta’kidlashicha, endi u faqat yashil olmalarni yaxshi ko‘radi, u Robinson bo‘lgan paytida qizil olmani yaxshi ko‘rgan va onasining ismi Kitti Amazon bo‘lgan ekan.

Bularning barchasini bolaning boy  fantaziyalari bilan bog‘lash mumkin edi. Biroq, kattalar qizaloqning hikoyalarini sinab ko‘rishga qaror qilishdi.

Старый Лондон

Eksperimentning mohiyati shundan iborat ediki, qizchaga turli davrlarga oid, jumladan, unga “tanish bo‘lgan” tarixiy davrdagi narsalar ko‘rsatilgan. Tadqiqotchilarni hayratga qoldirib, qiz nafaqat  “o‘z davri”dagi narsalarni tanidi, balki ular haqida gapirib ham berdi.

Shu tariqa u “ser” yozuvi bo‘lgan qirol Jorj uchinchi tasvirlangan notekis yalpoq tangalar va yana boshqa buyumlarni xotirjamlik bilan tanidi.

Qizaloqning yorqin, batafsil hikoyalari hayratlanarli edi, biroq u  yolg‘on gapirishda ayblanmagan. Bu haqiqatmi yoki uydirma, an’anaga ko‘ra, qaror chiqarish har kimning o‘ziga havola.

Bahora Muhammadiyeva tayyorladi.