Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

OTMga kirishdagi test sinovlari mazmuni maktab dasturlariga moslashtiriladi

Prezident qaroriga (PQ–4884-son, 06.11.2020 yil) ko‘ra, 2021 yil 1 avgustga qadar bolalarni boshlang‘ich ta’limga majburiy bepul bir yillik tayyorlash choralari ko‘riladi.

➖ Tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limlarida yuridik shaxs maqomisiz Bolalarni ijtimoiy-psixologik qo‘llab-quvvatlash markazlari tashkil etiladi.

➖ 2021/2022 o‘quv yilida psixologiya sohasidagi ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha davlat buyurtmasi asosidagi qabul parametrlari 30 foizga oshiriladi.

2021 yil 1 yanvardan:

➖ davlat oliy ta’lim tashkilotlariga kirish uchun test sinovi topshiriqlari davlat ta’lim standartlari va o‘quv dasturlari asosida tuzilib, test sinovi materiallarining ma’no-mazmuni umumiy o‘rta ta’lim tizimidagi fanlarning o‘quv dasturlariga moslashtiriladi;

➖ tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limlari huzurida yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan Xalq ta’limi xodimlarini rag‘batlantirish jamg‘armalari tashkil etiladi.

Qaror bilan Xalq ta’limi tizimi rahbar va mutaxassis xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti A.Avloniy nomidagi xalq ta’limi muammolarini o‘rganish va istiqbollarini belgilash ilmiy-tadqiqot instituti sifatida qayta tashkil etildi.

Qarorga ko‘ra shuningdek, “Pedagog xodimlarning maqomi to‘g‘risida”gi qonun loyihasi ishlab chiqiladi.

Hujjat haqidagi to‘liq ma’lumot bilan www.lex.uz sayti orqali tanishish mumkin.