OTMga qabul uchun imtihonlarning 1-kunida tana harorati yuqori bo‘lgan 4 nafar abituriyent testga kiritilmadi
- 02.09.2020 21:15
- 105
- Ta’lim
Ichki ishlar vazirining matbuot kotibi Shoxrux G‘iyosov test sinovlarini o‘tkazish davrida jamoat tartibini saqlash va xavfsizlikni ta’minlash borasida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida ma’lumot berdi.
1-kungi test sinovlarida jami 118 500 nafar abituriyent test sinovlarida ishtirok etishi kerak edi. Amalda 112 188 nafar abituriyent testda ishtirok etish uchun keldi. 6 312 nafar abituriyent turli sabablarga ko‘ra, testda ishtirok etish uchun kelmadi.
Tekshirilganda tana harorati yuqori bo‘lgan 4 nafar abituriyent testga kiritilmadi. Ular bilan tibbiyot xodimlari shug‘ullandi.
Shuningdek, bugun jami 59 nafar abituriyent noqonuniy harakatlari uchun test sinovidan chetlashtirilgan.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Samarqandga 11 oyda 8,5 millondan ziyod sayyoh keldi
- 26 daqiqa avval
- Sayohat
Yerga mehr berganlar – el e’zozida
- 31 daqiqa avval
- Qishloq xo'jaligi