O‘tmishda qolib ketgan va o‘zini sivilizatsiyadan ajratib qo‘ygan xalqlar

Texnologiyalar jadal rivojlanayotganiga qaramay, sayyoramizda sivilizatsiya ne’matlaridan bahramand bo‘lishga oshiqmaydigan odamlar hali ham bor. Ular o‘zlarini jamiyatning qolgan qismidan ajratib olishga harakat qilishadi. Bugun o‘tmishda yashab kelayotgan ajoyib xalqlar bilan tanishamiz.

Boliviyadagi eski dinchilar

5 удивительных народов мира, которые застряли в прошлом и отгородились от цивилизации

Janubiy Amerikaning ushbu mamlakatida 3000 ga yaqin qadimgi rus eski dinidagi kishilar 19-asrda o‘z uylarini topdilar. Toborochi qishlog‘ida yashaydigan bu taqvodorlar o‘z an’analarini astoydil saqlab kelmoqdalar. Ular dehqonchilik bilan shug‘ullanadilar va milliy kiyim kiyishadi. Ayollarga soch kesish, erkaklarga soqol olish taqiqlangan. Haftada ikki marta cherkovga tashrif buyurish majburiydir, aholi punkti eski rus tilini saqlab qolishga harakat qiladi. Bu yerdagi nutq bugungi kunda biz biladigan rus tilidan farq qiladi: ba’zi so‘zlar ispan tiliga almashtirilgan, boshqalari esa butunlay yo‘qolgan.

5 удивительных народов мира, которые застряли в прошлом и отгородились от цивилизации

Texnologiyalarni cheklashga qaratilgan barcha urinishlarga qaramay, qishloqdagi ko‘pgina uylarda konditsioner, kir yuvish mashinalari, ba’zilarida hatto smartfonlar bor. Biroq, Toborochi aholisi internetdan foydalanmaydi.

Yali, Indoneziya
Yali qabilasi Indoneziyaning Yangi Gvineya orolidagi Papua provinsiyasida yashaydi. 20 000 kishilik aholi an’anaviy turmush tarzini olib borishni afzal ko‘radi, ko‘plab yangi texnologiya va urf-odatlar ular uchun begona. Issiq iqlim tufayli ular deyarli kiyim kiyishmaydi.

5 удивительных народов мира, которые застряли в прошлом и отгородились от цивилизации

Indoneziya hukumati qabilani sivilizatsiyaga erishtirishga harakat qilishiga qaramay, yaliliklar o‘z an’anaviy turmush tarzidan chetga chiqishni xohlamaydi. Ular qabul qilib olgan yagona zamonaviy texnologiya, bu bozor bo‘lib, o‘zlari yetishtirgan meva-sabzavotlarni belkurak, pichoq, krujka va qozon kabi ro‘zg‘or buyumlariga almashtirib olishadi.

Nenets xalqi, Rossiya

5 удивительных народов мира, которые застряли в прошлом и отгородились от цивилизации

Rossiya shimolidagi eng yirik mahalliy guruh Nenetslarning soni 45 000 nafarga yaqin. Ular shaharlarga ko‘chib o‘tmasdan, bug‘uchilik bilan shug‘ullanmoqda va o‘z urf-odatlariga sodiq qolib yashab kelmoqda. Yamal yarim orolida yarim millionga yaqin bug‘ularni boqadigan va ko‘chmanchi turmush tarzini olib boradigan bir necha ming bug‘u chorvadorlari yashaydi. Ularning kiyimlari qahraton sovuqdan yaxshi himoya qiladigan kiyik terisidan tikilgan.

Smartfonlar, bug‘u qo‘shilgan chana o‘rniga har qanday yo‘lda yoki yo‘lsiz joylarda ham yura oladigan “vezdexod” mashinalar, sun’iy yo‘ldosh televizorlari kabi texnologiyalar foydalanilishiga qaramay, nenetslar yaqin orada o‘zlarining asosiy mashg‘ulotlari – bug‘uchilikdan voz kechmoqchi emas.

Amishlar, AQSh

Ushbu qat’iy diniy harakat 1693 yildan beri mavjud va hozirda ularning aksariyati AQSh va Kanadada yashaydigan 300 mingga yaqin a’zosi bor. Ular o‘ta konservativ, imkon qadar begonalardan va umuman, jamiyatdan uzoqroq turishga harakat qiladi, o‘z an’analari va turmush tarzini saqlab qolishga intiladi. Dinlari elektr toki, mashina va telefondan foydalanishni taqiqlaydi.

Amishlar faqat oq va qora rangdagi kiyimlarni kiyishadi: boshqa rangdagi kiyim kiyish taqiqlangan. Ular nafaqat urushlarni, balki tibbiyot va tibbiy yordamni ham rad etadi. Bolalari 8-sinfdan keyin ta’lim olmaydi, butun umr ko‘p bolali oilalarda yoshlikdan mehnatga o‘rgatilib, umrguzaronlik qiladi.

B.Muhammadiyeva tayyorladi.