Oyda suv bor, faqat u tuproq tarkibida
Oyni o‘zlashtirish uchun insoniyat ikki muhim muammoni hal etishi lozim. Bu tungi yoritgichimizda suv va havoning yo‘qligidir. Yerdan Oyga yo‘ldosh orqali suv va havoni tashib borish o‘ta murakkab ish. Shu bois olimlar bu muammoning yechimini topishda boshqa usullarni qidirmoqda.
Gap shundaki, Oyda suv borligi allaqachon isbotlangan. Demak, suv bo‘lsa, kislorod ham olish mumkin. Tug‘ri, Oyda suv havzalarida mavj urib yotgani yo‘q: u tuproq tarkibida. Xo‘sh, uni qanday o‘zlashtirish mumkin?
Rossiyaning Kurchatov milliy tadqiqot instituti markazida olimlar bu muammoni hal etish yo‘lini topishdi: aniqlanishicha, Oyning har qanday tipdagi tuprog‘idan suv ajratib olish mumkin ekan. Tadqiqotchilar yaratgan loyihaga ko‘ra bu usul bilan butun bir Oy stansiyasini suv bilan ta’minlasa bo‘lar ekan.
Biz boshqa yulduzlardan kelganmizmi?
NASA olimlari meteroitlar ichida DHK va PHK shakllanishida ishtirok etuvchi azotiy asoslarini aniqladi.
Ma’lumki, DHK va PHK besh tipdagi komponentlardan yoki nukleotid asoslardan iborat. Ilgari tadqiqotchilar meteoritlarda faqat uchta tipni topishgandi. Keyingi tajribalarda yana ikki tipni topilishi meteoritlar hayot paydo bo‘lishi uchun barcha zarur narsalarga ega ekanligini ko‘rsatdi.
Shunga asoslanib xulosa qilish mumkinki, insoniyat, umuman, butun tirik mavjudotlar Yerga, ehtimol, o‘zga sayyoralardan kelgan.
T. Shomurodov tayyorladi.