Oyning Yerdan ko‘rinmaydigan qorong‘u tomoni: U yerda nima bor?
Ko‘p tadqiqotchilar yaqingacha Oy yuzasida aniqlangan kub shaklidagi «qurilishlar»ni navbatdagi meteorit qulashi natijasida hosil bo‘lgan shunchaki jinslar deb hisoblashadi.
Uning kub shaklidagi ko‘rinishi esa yorug‘lik va soya ta’siridir. Ammo ayrimlarda bu shubha uyg‘otadi.
Jumladan, ushbu ob’yektlarga yuborib uzil-kesil xulosaga kelishga qaror qildilar. Oyning Yerdan ko‘rinmaydigan qorong‘u tomoniga ular uch yil avval o‘zlarining ikkinchi lunoxodini qo‘ndirgan edi. Uning yordamida olimlar kengligi 186 kilometr bo‘lgan Fon Karman kraterini tadqiq qildi.
Aniqlanishicha, hozir lunoxod turgan joydan bahsli ob’yektgacha bor-yo‘g‘i 80 metr ekan. Biroq unga yetib borish uchun apparatga oylar kerak bo‘ladi. Lunoxodni o‘ydim-chuqur, o‘nqir-cho‘nqir Oy yuzasida harakatlanishi oson emas. Xitoy olimlarining asosiy maqsadi kelajak oy bazalari uchun maqbul joyni qidirib topish.
Xitoylik olimlarning qachonlardir enlonavtlar tomonidan Oyda qurilgan vayronalarni aniqlash haqidagi farazlariga qo‘shilmasdan bo‘lmaydi. Agar ular haqiqatan qurilgan bo‘lsa, nima maqsadda qurilgan? Buni ham aniqlash lozim bo‘ladi.
T.Shomurodov tayyorladi.