Ozarbayjonning Erondagi elchixonasidan 53 kishi evakuatsiya qilindi

Elchixona xodimlari va ularning oila a’zolari maxsus reys bilan Tehrondan Bokuga olib ketilgan, deb xabar bermoqda Ozarbayjon TIV xabariga tayanib, Reuters agentligi.

Ozarbayjonning Erondagi elchixonasining evakuatsiya qilingan xodimlari bo‘lgan samolyot kecha, 29 yanvar kuni soat taxminan 22:00 da Bokuga qo‘ngan.

Eslatib o‘tamiz, 2023 yilning 27 yanvar kuni Boku vaqti bilan taxminan soat 8:30 da Ozarbayjon Respublikasining Eron Islom Respublikasidagi elchixonasida terakt sodir etilgan edi.

Hujumchi xavfsizlik postiga qarata avtomatdan o‘q uzgan, xavfsizlik xizmati rahbari halok bo‘lgan, elchixonaning ikki qo‘riqchisi yaralangan. Hozirda hujum yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.