O‘zbek va jahon adabiyoti namunalarining audiokitob shaklidagi varianti yaratildi

O‘zbek va dunyo adabiyotining eng yaxshi namunalarini internet tarmoqlariga joylashtirish va ularni targ‘ib qilish hamda keng kitobxonlar ommasiga yetkazish ishlarini samarali tashkil etish maqsadida Respublika bolalar kutubxonasi tomonidan “Ikki eshik orasi”, “Sariq devni minib”, “Otamdan qolgan dalalar”, “Oq kema”, “Shamol ortidan yugurib”, “O‘zbek xalq ertaklari” kabi jami 40 nomdagi o‘zbek mumtoz va zamonaviy adabiyoti hamda jahon adabiyotining buyuk badiiy namunalarining audiokitob shaklidagi variantlari yaratildi, deya xabar qiladi Xalq ta’limi vazirligining axborot xizmati.

Yosh avlodning ma’naviy-intellektual salohiyati, ongu tafakkuri, dunyoqarashini yuksaltirishda, ona Vatani hamda xalqiga muhabbat va sadoqat tuyg‘usi bilan yashaydigan barkamol shaxsni tarbiyalashda beqiyos ahamiyatga ega bo‘lgan kitobxonlik madaniyatini oshirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Joriy yil yakuniga qadar Respublika bolalar kutubxonasi tomonidan o‘zbek va jahon adabiyotining eng yaxshi namunalaridan iborat yana 40 nomdagi asarlarni audiokitob shaklidagi variantlarini yaratish rejalashtirilmoqda.