O‘zbekiston 10 oyda 198 ta mamlakat bilan savdo aloqalarini amalga oshirdi

Bu haqda Statistika agentligi ma’lum qildi. Unga ko‘ra, 2023 yilning yanvar-oktyabr oylarida O‘zbekiston Respublikasining tashqi savdo aylanmasi 51 mlrd AQSh dollariga yetgan. 

Tashqi savdo aylanmasi hajmi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan solishtirilganda 25,2 foizga oshgan.

O‘zbekiston 2023 yilning yanvar-oktyabr oylarida jahonning 198 ta mamlakati bilan savdo aloqalarini amalga oshirgan.

TSAning nisbatan salmoqli hissasi Xitoy (21,2 foiz), Rossiya (15,6 foiz), Qozog‘iston (7 foiz), Turkiya (5,1 foiz) va Koreya Respublikasida (3,7 foiz) qayd etilgan.