O‘zbekiston 2022 yilda 122 ming tonna mosh eksport qilgan, shundan 13,6 ming tonnasi Samarqand hissasiga to‘g‘ri keladi
Statistika agentligining ma’lumotlariga ko‘ra, 2022 yilda O‘zbekiston 30 ta davlatga qiymati 93,5 mln AQSh dollariga teng bo‘lgan 122,3 ming tonna mosh eksport qilgan.
Mosh eksporti hajmi 2021 yilning mos davri bilan solishtirilganda 4,9 ming kamaygan.
O‘zbekiston eng ko‘p mosh eksport qilgan davlatlar:
— Xitoy – 107,1 ming tonna;
— Qozog‘iston – 7,9 ming tonna;
— Eron – 1,7 ming tonna;
— Tojikiston – 1,5 ming tonna.
2022 yilda xorijga eng ko‘p mosh eksport qilgan hududlar:
— Toshkent viloyati – 51,2 ming tonna;
— Namangan viloyati – 21,3 ming tonna;
— Jizzax viloyati – 16,1 ming tonna;
— Samarqand viloyati – 13,6 ming tonna.