O‘zbekiston birinchi bor “Biznesni ro‘yxatdan o‘tkazish” ko‘rsatkichi bo‘yicha dunyoning o‘ntalik ro‘yxatiga kirdi

Jahon bankining nufuzli “Biznes yuritish” xalqaro reytingida O‘zbekiston 7 ta pog‘onaga ko‘tarildi va 69-o‘rinni egalladi.

Eng quvonarlisi, Adliya vazirligi va Davlat xizmatlari agentligi mas’ul bo‘lgan “Biznesni ro‘yxatdan o‘tkazish” ko‘rsatkichi bo‘yicha dunyoning 190 ta davlatlari ichida 8-o‘rinni egallab, birinchi bor O‘zbekiston tarixida o‘ntalik ro‘yxatga kirdik.

Biznesni yuritishni yengillashtirish bo‘yicha oldimizda ulkan marralar va mas’uliyatli ishlar turibdi.

Bu borada barchamizga omad yor bo‘lsin!