O‘zbekiston Jahon savdo tashkilotiga qo‘shilishdan nima foyda ko‘radi?
O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lishi inklyuziv iqtisodiy tizimni yaratishdagi muhim bosqichni belgilaydi. Prezident Shavkat Mirziyoyev BMT Bosh Assambleyasidagi nutqida JSTga to‘liq a’zo bo‘lishni iqtisodiy liberallashtirishning ustuvor vazifalaridan biri deb ta’kidlab o‘tdi.
Bu esa O‘zbekiston yangi imkoniyatlarni ochishga va jahon bozoridagi o‘rnini mustahkamlashga harakat qilayotganini anglatadi. Eksportga yo‘naltirilgan strategiya O‘zbekiston va uning aholisi uchun bir qancha rag‘batlarni olib keladi.
Birinchi navbatda, qoidalarga asoslangan savdo tizimini qabul qilish va intellektual mulk huquqlarini himoya qilish biznes muhitini yaxshilashda muhim rol o‘ynaydi. Bunday takliflar xorijiy investor va innovatorlarni jalb qilish, iqtisodiyotning rivojlanishiga xizmat qiladi.
Ikkinchi rag‘bat xalqaro savdo bilan bog‘liq bo‘lib, O‘zbekiston iqtisodiyotini diversifikatsiya qilish va biznes sohalarini rivojlantirish orqali ishsizlikni, savdo to‘siqlarini va tariflarni kamaytirishga erishadi. Bu esa eksportni oshirib va yangi ish o‘rinlarini yaratib, mamlakat va uning aholisini ijtimoiy-iqtisodiy holatini yaxshilaydi.
JSTga a’zo bo‘lish asosiy savdo siyosati va qoidalarini jahon standartlariga moslashtirishni talab qiladi. Bu ichki bozorda mavjud bo‘lgan mahsulot va xizmatlar sifati hamda xavfsizligini oshirishga, iste’molchilarga afzallik keltirishga yordam beradi.