O‘zbekiston metallurgiya kombinatining ulushi sotuvga qo‘yildi
O‘zbekiston metallurgiya kombinatining 50 milliard so‘mlik korporativ obligatsiyalari “Toshkent” respublika fond birjasiga joylashtirildi.
Bu haqda korxonaning emissiyalar bo‘yicha anderrayderi vakillari Samarqand shahrida o‘tkazilgan seminarda ma’lumot berdi.
- Buning uchun nominal qiymati 5 million so‘m bo‘lgan 10 ming dona korporativ obligatsiyalar chiqarildi, - deydi “Freedom Finance” MChJ xorijiy korxonasi boshqaruvi direktori Yevgeniy Majeyka. - Ushbu emissiya obligatsiyalari investorlarning cheklanmagan doirasi orasida ochiq obuna bo‘yicha «Toshkent» respublika fond birjasida joylashtiriladi.
«Freedom Finance» mas’uliyati cheklangan jamiyati xorijiy korxonasi emissiyaning anderrayderi sifatida ishtirok etmoqda. Kupon stavkasi nominal qiymatidan yillik 23 foiz darajada belgilangan bo‘lib, 18 oylik muomala muddati va yiliga ikki marta kupon to‘lovlari davriyligi bilan belgilanadi.