O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi hududida yong‘in sodir bo‘ldi
Bugun, 2019 yil 21 avgust kuni soat 01:54 da, Shayxontohur tumani, A.Navoiy ko‘chasi 69-uyda joylashgan “O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi” hududida joylashgan binoning oshxonasi, yordamchi xonalari va tom qismi 400 kv.m. maydonida yongan.
Yong‘in o‘chirish jangovar bo‘linmalari chaqirilgan manzilga soat 02:00 da yetib borgan va ko‘rilgan tezkor chora va harakatlar natijasida yong‘in soat 02:45 da qurshab olinib, soat 03:36 da o‘chirilgan.
Yong‘in joyiga 12 ta yong‘in o‘chirish texnikasi jalb qilingan.
Yong‘in elektr simlarni qisqa tutashuvi oqibatida sodir bo‘lgan, deb taxmin qilinmoqda.
Yong‘indan keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda. Yong‘inda insonlarni halok bo‘lish va tan jarohati olish holatlari qayd etilmadi, deya ma’lum qildi Toshkent shahar Yong‘in xavfsizligi boshqarmasi.
Shu munosabat bilan, Toshkent shahar Yong‘in xavfsizligi boshqarmasi iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy soha ob’yekt rahbar hamda xodimlarini, shuningdek fuqarolarimizni yong‘in xavfsizligi qoidalariga qat’iy rioya etishlarini so‘rab qoladi.