O‘zbekiston Qahramoni Hasan Normurodov 81 yoshga to‘ldi

Samarqand viloyati nuroniylari sardori, davlat va jamoat arbobi Hasan Normurodov Kattaqo‘ron tumanining Kichik ko‘rpa qishlog‘ida tug‘ilgan. Uzoq yillar xalq ta’limi sohasida, davlat boshqaruvi idoralarida, jamoat tashkilotlarida mas’ul vazifalarda faoliyat ko‘rsatgan.

– Vazifa, martaba insonning o‘ziga bino qo‘yib kibru havoga berilishi uchun emas, aksincha, ezgu amallari bilan o‘zgalar qalbida yaxshilik gulshanini bino etish uchun berilgan imkoniyat, — deydi Hasan Normurodov. – Qaysi bir rahbar shu qoidaga amal qilib ish ko‘rsa, doim elning nazarida bo‘ladi.

H.Normurodov “Mehnat shuhrati” (2008 y.), “El-yurt hurmati” (2012 y.) va “Do‘stlik” (2017 y.) ordenlari bilan mukofotlangan. 2019 yilda “O‘zbekiston Qahramoni” unvonini berilgan.

Fidoyi oqsoqolni tavallud kuni bilan tabriklaymiz!