«O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ vagon kuzatuvchisi ishtirokidagi audioyozuvni o‘rganmoqda
- 28.10.2019 16:50
- 267
- O‘zbekiston
Kecha tunda 369-sonli “Novosibirsk – Toshkent” yo‘nalishida harakatlanayotgan yo‘lovchi poyezdining vagon kuzatuvchisi va yo‘lovchi o‘rtasidagi audioyozuv ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi, deya xabar beradi Axborot-tahliliy media markazi.
Voqeani atroflicha o‘rganish yuzasidan «O‘zbekiston temir yo‘llari» aksiyadordik jamiyati tomonidan tezkor ishchi guruh tuzildi. Ayni vaqtda «O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi» aksiyadorlik jamiyati bosh direktori boshchiligidagi ishchi guruh dastlabki o‘rganish ishlarini boshlagan.
Eslatib o‘tamiz, «Novosibirsk – Toshkent» yo‘nalishida harakatlanayotgan ushbu yo‘lovchi poyezdi 30 oktyabr kuni Toshkent markaziy vokzaliga yetib keladi.
«O‘zbekiston temir yo‘llari» aksiyadorlik jamiyati xizmatidan foydalanayotganda biror-bir noqununiy xatti-harakatlar kuzatilsa, +99871 299 94 50 ishonch raqamiga qo‘ng‘iroq qilishingizni so‘ragan.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Samarqandda “smart avtobekat”lar o‘rnatiladimi?
- Kecha, 18:17
- Samarqand
Shafqatsiz hayvonlar
- Kecha, 18:07
- O'qing, qiziq!
Hayot tuprog‘iga qorishgan oltin
- Kecha, 16:05
- Mutolaa
Yonimizdagi soxta mehribonlar
- Kecha, 16:05
- Mutolaa