O‘zbekistonda karantin bo‘yicha 22 286 ta qoidabuzarlik aniqlandi

O‘zbekistonda koronavirus karantini e’lon qilingan 16 martdan buyon bugungi kunga qadar karantin qoidalariga amal qilmaslik bilan bog‘liq 22 286 ta holat aniqlandi.

IIV matbuot xizmati xabariga ko‘ra, eng ko‘p — 3 778 ta qoidabuzarlik Toshkent shahrida qayd etilgan. Toshkent viloyatida esa bunday holatlar soni 2 203  tani tashkil etmoqda. Respublika bo‘yicha aniqlangan qolgan qoidabuzarliklar esa quyidagicha:

Farg‘ona viloyatida — 2 762 ta;
Samarqand viloyatida — 2 183 ta;
Qashqadaryo viloyatida — 1 636 ta;
Namangan viloyatida — 1 578 ta;
Jizzax viloyatida — 1 469 ta;
Andijon viloyatida — 1 326 ta;
Surxondaryo viloyatida — 1 250 ta;
Sirdaryo viloyatida — 1 151 ta;
Buxoro viloyatida — 1 015 ta;
Navoiy viloyatida — 282 ta;
Xorazm viloyatida — 869 ta;

Qoraqalpog‘iston Respublikasida — 784 ta holatni tashkil etmoqda.