O‘zbekistonda karantin qayta joriy qilinishi mumkinmi?

O‘zbekistonda karantin qayta joriy qilinadimi yoki bu karantin cheklovlarining oxirgisi edimi?

Ushbu savolga Koronavirusga qarshi kurashish shtabi a’zosi Barno Abdusamatova javob berdi:

15 avgustdan boshlab mamlakatda karantin cheklovlari yengillashtirildi. Bu iqtisodiy va ijtimoiy sohalarda barqaror faoliyatni ta’minlash, shuningdek, aholi turmush sharoitlarini yengillatish uchun zarur edi.

Karantin cheklovlarini yengillatish u bekor qilinganini anglatmaydi.

Koronavirus infeksiyasi epidemiyasining oldini olish maqsadida Respublika maxsus komissiyasi va Sog‘liqni saqlash vazirligi fuqarolarni individual himoya choralariga qat’iy rioya qilishda davom etishga chaqiradi. Jumladan:

- jamoat joylarida albatta niqob taqish;

- ijtimoiy masofa saqlash;

- muntazam qo‘llarni yuvish va antiseptik vositalardan foydalanish.

Shu kunlarda Respublika maxsus komissiyasi yuqorida ta’kidlangan qoidalarga rioya qilmaslik kasallik sonining takror oshishiga olib kelishi mumkinligini ma’lum qildi. Bu esa o‘z navbatida qat’iy karantin cheklovlarini qayta joriy etishga sabab bo‘lishi mumkin.