O‘zbekistonda karantin qoidalarini buzish holatlari 30 mingdan oshib ketdi

Ichki ishlar vazirligi bugun, 7 aprel 9:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekiston hududida karantin qoidalarining buzilishi yuzasidan axborot berdi.

Ma’lum qilinishicha, karantin tadbirlari e’lon qilingan vaqtdan bugungi kunga qadar respublikamiz bo‘yicha karantin qoidalariga amal qilmaslik bilan bog‘liq jami – 32 649 ta holat aniqlangan.

Ular:

Toshkent shahrida – 5 284 ta holat;
Farg‘ona viloyatida – 4 088 ta holat;
Toshkent viloyatida – 3 910 ta holat;
Samarqand viloyatida – 3 194 ta holat;
Qashqadaryo viloyatida – 2 877 ta holat;
Namangan viloyatida – 2 171 ta holat;
Sirdaryo viloyatida – 2 161 ta holat;
Andijon viloyatida – 1 781 ta holat;
Jizzax viloyatida – 1 613 ta holat;
Surxondaryo viloyatida – 1 533 ta holat;
Xorazm viloyatida – 1 330 ta holat;
Buxoro viloyatida – 1 320 ta holat;
Qoraqalpog‘iston Respublikasida – 1 042 ta holat;

Karantin qoidalari va sanitariya cheklovlariga rioya qilish yuzasidan tushuntirish ishlari olib borilishiga qaramasdan, hamon qoidabuzarlik holatlari kuzatilmoqda.

"Ta’kidlab o‘tamiz, har birimiz zimmamizdagi vazifalarga yanada mas’uliyat bilan yondashib, sanitariya-gigiyena talablariga qat’iy rioya qilishimiz, eng bebaho ne’mat bo‘lgan sihat-salomatlikni asrash va himoya qilish uchun barcha zarur choralarni amalga oshirishimiz shart", deyiladi IIV axborotida.