O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasidan sog‘aygan bemorlar 1500 nafardan oshdi
Farg‘ona viloyatda bir yo‘la 47 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor butunlay sog‘aydi, deya xabar berdi SSV matubot xizmati.
Bugun shu vaqtga qadar 96 kishi sog‘aydi va jami tuzalganlar 1501 nafardan oshdi. Jami bemorlar soni esa 2204 nafar.
Shifo topganlarning 11 nafari Rossiyada bo‘lib qaytgan, yana 11 nafari esa Turkiyadan charter reysida Farg‘onaga olib kelingan va karantinga olingan.
Yana 1 nafar fuqaro Qirg‘iziston Respublikasidan kirib kelgan. Ularda koronavirus infeksiyasi tasdiqlangach, shifoxonaga joylashtirilgan. Qolgan 24 nafari esa koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, kasallikni yuqtirib olishgan.
Hududlar kesimida oladigan bo‘lsak, 36 nafari Farg‘ona viloyatidan, 6 nafari Toshkent shahridan, 2 nafari Toshkent viloyatidan, Navoiy, Samarqand viloyatlari va qo‘shni Qirg‘iziston Respublikasidan 1 nafardan bemor butunlay sog‘aygan. Ularning 31 nafari erkak, 16 nafari ayollar bo‘lib, eng yoshi kattasi 86 yoshli otaxon bo‘lsa, eng yoshi kichigi 3 yoshli bola.
Viloyatda koronavirus infeksiyasidan ayni paytda 131 nafar bemor butunlay sog‘aydi.