O‘zbekistonda koronavirusga qarshi ommaviy emlash qachondan boshlanadi?
- 05.08.2020 14:30
- 1349
- COVID-19
Bugun AOKA huzuridagi shtabda o‘tkazilgan brifingda Koronavirusga qarshi kurashish shtabi a’zosi Shuhrat Boymurodov koronavirusga ommaviy emlash qachon boshlanishi haqidagi savolga javob berdi:
- Bu koronavirusga qarshi vaksinaning ishlab chiqilishi va ommaviy qo‘llana boshlanishiga bog‘liq. Agar dunyoda vaksina ommaviy qo‘llanila boshlansa, albatta, O‘zbekistonda ham kasallikka qarshi ommaviy emlash boshlanadi.
Eslatib o‘tamiz, kecha o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida Shavkat Mirziyoyev Bosh vazir o‘rinbosari Behzod Musayevga bir hafta muddatda yetakchi olimlar va tajribali shifokorlar bilan maslahatlashgan holda, vaksinani xarid qilish va mamlakatimiz aholisi vaksinatsiyasini amalga oshirish yo‘llarini puxta o‘rganib chiqish topshirig‘ini bergan edi.