O‘zbekistonda nega internet tezligi past?

Bugungi kunda mobil aloqa internet xizmatlari talabga javob bermayapti. Bu bo‘yicha nima ishlar qilinayotgani haqida AKT vazirligi matbuot kotibi Sherzod Ahmatov AOKA shtabida bo‘lib o‘tgan brifingda ma’lum qildi.

— Bugungi kunda operator va provayderlarning murojaatlarni qabul qiluvchi "koll-sentr"larda jami 650 dan ortiq xodim faoliyat yuritmoqda.

Texnik xizmat ko‘rsatish brigadalarida 1000 dan ortiq malakali mutaxassislar ishlamoqda. Ular 300 dan ziyod avtotransport bilan hamda zarur texnika va himoya vositalari bilan ta’minlangan.

Karantin davrida operator va provayderlar tomonidan yangi abonentlarni ulash ishlari to‘xtatilmagan.

Mobil aloqa operatorlari tomonidan 302 tadan ortiq baza stansiyalar internet xizmatlarini ko‘rsatish uchun MODERNIZATsIYa qilindi.

Karantin davrida foydalanuvchilar tomonidan internet trafikdan foydalanish hajmi sezilarli darajada ortayotgan holatda tarmoqning ishonchli ishlashini ta’minlash uchun zarur texnik va tashkiliy choralar ko‘rilmoqda, - dedi Ahmatov.