O‘zbekistonda yer silkinishi qayd etildi

Bugun, 8 avgust kuni Toshkent vaqti bilan soat 05:45 da Afg‘onistonda yer silkinishi qayd etildi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar berdi.

Koordinatalar 37,01 gradus shimoliy kenglik, 69,42 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda M=5,9. Chuqurlik h=180 km.

Toshkentgacha masofa 473 km janubiy yo‘nalish bo‘yicha.

Yer silkinishi O‘zbekiston hududida:

Toshkent: 473 km; 2 ball.

Namangan: 484 km; 2 ball.

Andijon: 490 km; 2 ball.

Farg‘ona: 428 km; 2 ball.

Guliston: 391 km; 2 ball.

Jizzax: 372 km; 2 ball.

Samarqand: 364 km; 2 ball.

Buxoro: 533 km; 2 ball.

Termiz: 191 km; 2 ball.

Qarshi: 379 km; 2 ball.