O‘zbekistonning 4 ta xalqaro aeroportlari yo‘lovchilar uchun ochildi

Bugun, 18 maydan boshlab O‘zbekistonning 4 ta xalqaro aeroporti yo‘lovchilar uchun ochildi, deb xabar berdi O‘zA.

Uzbekistan Airways aviakompaniyasi Toshkentdan Nukus, Urganch va Termiz shaharlariga aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ydi.

Respublika maxsus komissiyasi tomonidan tasdiqlangan parvozlarni tashkillashtirish tartibiga ko‘ra, qatnovlarga sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi markazi tomonidan COVID-19 infeksiyasiga test tahlillari olinganiga 120 soatdan ko‘p bo‘lmagan va tahlil natijasi “manfiy” ekanligini tasdiqlovchi malumotnomaga ega yo‘lovchilar qo‘yiladi.

Bunda ro‘yxatdan o‘tishda va havo kemasi sahnida karantin choralariga rioya qilish, 2 metrlik ijtimoiy masofani saqlash, himoya niqobini taqish va qo‘lqop kiyish shart.