“O‘zbekkino” milliy agentligi va Malayziyaning “Illusion Pictures” Aquila Emas SDN BHD kompaniyasi o‘rtasida kelishuv imzolandi
O‘zbekiston Respublikasi va Malayziya o‘rtasida film yaratish bo‘yicha birinchi loyiha - 2014 yilda “Fajar Di Bukhara” teleseriali suratga olinib, televideniyeda namoyish etilgandi.
Yaqinda "O‘zbekkino" milliy agentligi Malayziyaning “Illusion Pictures” Aquila Emas SDN BHD kompaniyasi bilan ikki tomonlama hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzoladi.
“O‘zbekkino” milliy agentligi bosh direktori Firdavs Abduxoliqovning ta’kidlashicha, ushbu memorandum dunyoga O‘zbekiston va uning buyuk tarixi haqidagi yangi filmlarni taqdim etish, Malayziyadagi xorijiy kino kompaniyalariga mamlakatimizda filmlar suratga olish, kino turizmini yaratish imkonini beradi.
Eslatib o‘tamiz, 2005 yilda tashkil topgan “Aquila Emas” Malayziyaning nufuzli ijodiy jamoasi sanaladi. Kompaniya o‘z mahsulotlarini Malayziya, Singapur va Bruneyning turli televizion tarmoqlariga yetkazib beradi. Bugungi kunda kompaniya telefilmlar, teleseriallar, hujjatli filmlar, sayohat filmlari, televizion jurnallar va reklama roliklarini ishlab chiqaradi.
"O‘zbekkino" milliy agentligi axborot xizmati.