O‘zini derazadan tashlamoqchi bo‘lgan shaxs qutqarib qolindi

Kecha, 23 mart kuni Toshkent shahar, Olmazor tumanida yashovchi fuqaro o‘zini uyining derazasidan tashlamoqchi bo‘layotgani to‘g‘risida FVVga xabar berilgan.

Toshkent shahar favqulodda vaziyatlar boshqarmasining ma’lum qilishicha, o‘zini derazadan tashlamoqchi bo‘lgan, 1963 yilda tug‘ilgan fuqaro ruhiy kasal bo‘lgan.

Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi va tuman FVB xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor chora va harakatlar natijasida ushbu fuqaroning hayoti saqlab qolindi.