O‘zlari uchun odatiy, boshqalarga g‘alati tuyuladigan an’ana, udum va qoidalar
Boshqa mintaqalarda yashaydigan kishilarning rasm-rusumi haqida qanchalik ko‘p bilib olsangiz, siz uchun odatiy bo‘lgan narsalar butun dunyodagi boshqa kishilar tomonidan o‘rganilmaganligiga amin bo‘lasiz. Bizga juda g‘alati tuyulishi mumkin bo‘lgan juda ko‘p turli urf-odatlar mavjud, boshqa tomondan balki bizning udumlarimiz ularga begona bo‘lib tuyular. Bu boradagi tushunchamizni kengaytirish maqsadida biz odamlar o‘z mamlakatlariga qo‘llaydigan ba’zi bir g‘ayrioddiy odatlarni topdik. Ularning ba’zilari siz yashayotgan joyda tatbiq etilmaganidan xursand bo‘larsiz, balki ular sizga yoqib qolar. Nima bo‘lishidan qat’iy nazar bu madaniy me’yorlar bizni dunyoning boshqa qismlaridagi hayot va ularning biz bilan qanday bog‘liqligi to‘g‘risida o‘ylashga majbur qiladi.
Daniyada agar siz 25 yoshgacha oila qurmagan bo‘lsangiz, Sizni ustunga bog‘lab qo‘yib, ustingizga dolchin (koritsa) yog‘diriladi.
25 yoshga to‘lsangizu, shu kungacha uylanmagan bo‘lsangiz, siz tomon dolchin, 30 yoshga kirib nikohdan o‘tmagan bo‘lsangiz achchiq qalampir otiladi. Bu juda noqulay bo‘lsa kerak.
Norvegiyada bolangizni qor yoki yomg‘ir ostida ko‘chada yolg‘iz qoldirish odatiy hol
Achchiq haqiqat shundaki, ba’zi mamlakatlarda o‘g‘irlik darajasi yuqori, lekin Norvegiya ular sirasiga kirmaydi. Norvegiyada odatda adyolga o‘ralgan yoki ko‘p qatlamli kiyim kiyintirilgan chaqaloq uxlab yotgan bolalar aravachasini ko‘chada tashlab ketishadi. Ko‘chada qishmi yoki yo‘qmi farqi yo‘q, siz do‘konlar, restoran va kafelar yaqinida ularni bir qator sizib qo‘yilganining guvohi bo‘lasiz.
Slovakiyada Rojdestvo oldidan baliqlarni vannada saqlashadi
Vanna ichida baliqlarga nima bor, axir odamlar qayerda yuvinishadi, dersiz. Bunga ajoyib javob bor. Slovaklar Rojdestvo arafasida loyli suvlarda yashaydigan tirik sazan baliqlarini sotib olishadi, iste’moldan oldin ularni “tozalash” maqsadida vannaga solib qo‘yishadi.
BAAda odamlar bir-birini shunday olqishlaydi
Butun dunyodagi turli madaniyat vakillari bir-birlari bilan turlicha salomlashadi. Fransiyada odamlar bir-birining ikki yonog‘idan o‘padi, Amerikada qo‘l berib ko‘rishadi, Arab amirliklaridagi erkaklar esa burunlari bilan ikki marta urishib salomlashishadi. Butun dunyodagi odamlarning salomlashish kabi oddiy ishlarni kuzatish juda qiziq bo‘lsa kerak.
Papua-Yangi Gvineya aholisi uni energiya olish uchun chaynaydi
Mabodo yo‘lingiz ushbu mamlakatga tushib qolsayu, qizil tishli odamlarni ko‘rib qolsangiz, hayron bo‘lmang. Yangi Papua-Gvineyaning har bir fuqarosi, oqsoqollaridan tortib yoshlarigacha bu ijtimoiy amaliyotni qo‘llaydi, ya’ni energiya olish uchun ular betel yong‘og‘ini chaynab yuradi.
Germaniyada qayta ishlash uchun idish topshirish evaziga pul olasiz
Germaniyadagi oziq-ovqat do‘konlarida avtomatlar bor, u yerda siz plastik butilkalarni topshirsangiz, avtomat bir donasi uchun 25 yevrotsent pul chiqarib beradi.
Bu odamlarni atrof muhitni chiqindilardan tozalashga undash g‘oyasi. Bu nafaqat plastik butilkalarga, balki shisha idishlarga ham tegishlidir. Odamlar chindan ham chiqindilardan oqilona foydalanishni istashi uchun
bu mashinalarni har bir mamlakatga qo‘llash kerak. Siz nima deysiz? Keling, sayyoramizni birgalikda qutqaramiz.
Bahora Muhammadiyeva tayyorladi.