O‘zLiDeP deputati so‘rovidan so‘ng oqdaryolik Shohista Aynayeva uyli bo‘ldi
O‘zLiDeP Oqdaryo tuman Kengashi faollari Loyish shaharchasidagi aholi bilan bevosita muloqoti davomida ijarada yashab kelayotgan Shohista Aynayeva uyga ehtiyoji borligi haqida murojaat qildi.
- 27 yildan buyon ijarama-ijara yashayman. Ikki nafar voyaga yetgan qizlarim bor. O‘zimning uy–joyim, boshpanam bo‘lsa deyman. Agar shu masalada yordam bersangiz o‘zimni baxtiyor sanar edim, - dedi Sh.Aynayeva.
Mazkur murojaat partiya deputatlik guruhlari tomonidan atroflicha o‘rganilib, tuman hokimligiga deputat so‘rovi yuborildi. Xalq vakilining sa’y-harakati bilan Sh.Aynayevaga uy beriladigan bo‘ldi.
Ta’kidlash joizki, Oqdaryo tumanida uy-joyga muhtoj kam-ta’minlangan oilalarni uy-joy bilan ta’minlash maqsadida hududga qarashli Samarqand agroiqtisodiyot kolleji yotoqxonasi hokimlik balansiga o‘tkazilib, oilalar yashashi uchun qayta ta’mirlanmoqda. Ta’mirlash ishlari o‘z yakuniga yetkazilgach, partiyaga uy-joy masalasida murojaat qilgan Sh.Aynayeva mazkur xonadonlardan biriga ega bo‘ladi.
Baxtigul Qarshiyeva,
O‘zLiDeP Samarqand
viloyat Kengashi
matbuot kotibi.