“Ozon - hayot uchun” tanlovida samarqandlik o‘quvchilar uchinchi o‘rinni egalladi

Birlashgan Millatlar Tashkiloti 16 sentyabr – Xalqaro ozon qatlamini muhofaza qilish kuni va Vena Konvensiyasining 35 yilligi munosabati bilan “Ozon - hayot uchun: 35 yil global ozon qatlamini himoya qilish” tashabbbusini e’lon qilgandi.

Atmosferaning yuqori qatlamlarida o‘tkir ultrabinafsha nurlanishi ta’sirida ikki atomli kislorod molekulasi, uch atomli ozon molekulasini hosil qiladi. Bu molekula atrof-muhit va tirik organizmlar uchun zararli bo‘lgan quyoshning ul’trabinafsha nurlarini yutadi.

Xalqaro ozon qatlamini muhofaza qilish kuni munosabati bilan viloyat ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi tomonidan respublika miqyosida “Ozon - hayot uchun” tanlovi tashkil etildi. Tanlovda Samarqand shahridagi 35-maktab o‘quvchilari Alisha Mavlonova va Farzona Ibragimovalar ijtimoiy rolik va she’riyat naminatsiyalari bo‘yicha 3-o‘rinni egalladi.

Samarqand viloyati ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi axborot xizmati.